Formula55

Qo'shiqlar matni Minus

  • Yulduz Usmonova - Otamning so’zi (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Derazadan tushgan nurda
    O`g`lim, mening ko`zim bor.
    Elga qilgan savobingda
    Bilki, yorug` yuzim bor.


    Gar g`aflatdan yiroq ersang,
    Vujudingda o`zim bor.


    Bolam, otam o`lgan dema,
    Men o`zingda yashayman.
    Kim ortingdan duo qilsa,
    Men izingda yashayman. (x2)


    Bandasidan qo`rqma, bolam,
    Qo`rqqin faqat Xudodan.
    Yukinmagin sen har kasga,
    Shafqat tila Allohdan.


    Rosti o`lmoq – kulib ketish,
    Bu yolg`onchi dunyodan.


    Bolam, otam o`lgan dema,
    Men o`zingda yashayman.
    Diling-tiling bir bo`lsa gar,
    Men so`zingda yashayman. (x2)


    Farzand inson ortidagi
    Yonib qolgan chiroqdir.
    Chiroq yoqsang, parvonaman,
    Ruhim mening uyg`oqdir.


    Sen unutma, oxiratda
    Har daqiqang so`roqdir.


    Bolam, otam o`lgan dema,
    Men o`zingda yashayman.
    Jondan aziz suygan o`gling,
    Ham qizingda yashayman. (x2)


    Umr o`zi – oqar daryo,
    To`g`oni bu o`limdir.
    Qaro yerga bo`sh kirgan
    Mening ikki qo`limdir.


    Allohning yerda soyasi –
    Islom mening o`glimdir.


    Tinch bo`lsa gar xalqing, yurting,
    Men o`zingda yashayman.
    Halol bo`lsa topgan noning,
    Men tuzingda yashayman. (x2)


    Derazadan tushgan nurda
    O`g`lim, mening ko`zim bor.
    Elga qilgan savobingda
    Bilki, yorug` yuzim bor. (x2)

    Подробнее
  • Dilnoz - Musofirgina onam (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Dilnoz - Musofirgina onam (VideoKlip 2018)

    Olisdagi yagonam,
    Mushtiparim, jon Onam,
    Omonmisiz, sog`misiz,
    Siz baxtimga bormisiz? {x2}


    O`zingizga yetmasdek,
    Mening dardim ham ustak.
    Yana yurak qilib qon,
    Chidaysizmi, Onajon? {x2}


    Bugun oy chiqdi horg`in,
    Onajonim, so`gindim.
    Oymomo aytgin rostin,
    Uni ko`rasan doim,
    Omonmi chiroyligim, hey? (x2)
    Bugun oy…


    Bir kun kelib o`zim ham
    Deyman: baxtli onaman!
    Yo`q, chidolmam unda man,
    Yiroqda bo`lsa bolam,
    Yiroqda yursa bolam.


    Bir kulsam-u bir yig`lab,
    Yolg`izlikdan quvonmam.
    Tushunmasa bir olam,
    Siz baxtimga bormisiz,
    Jon Onajonim, sog`misiz?


    Yiroqda tanhoginam,
    Musofirim, jon Onam,
    Qanday chiday sog`insam?
    Siz baxtimga bormisiz,
    Jon Onajonim, sog`misiz?


    Bugun oy chiqdi horg`in,
    Onajonim, so`gindim.
    Oymomo aytgin rostin,
    Uni ko`rasan doim,
    Omonmi chiroyligim, hey?


    Bugun oy…

    Подробнее
  • Shahzoda - Yor kelur (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Shahzoda - Yor kelur Шахзода - Ёр келур music version

    Yor kelur, yozim kelur,
    Yurakda orzum kelur.
    Xuddi to`lqinda tosha
    Daryo-yi azim kelur.


    Ko`pdan meni zor etgan,
    Qalbimga ozor etgan,
    Yor kelur uzoqlardan,
    Dilni intizor etgan.


    La-la, la-la-la-la,
    La-la, la-la-la-la. (x2)


    Bag`riga bosh qo`yarman,
    To`yib-to`yib o`parman.
    Jondan aziz yorimning
    Diydoriga to`yarman.


    Ko`pdan beri zor etgan,
    Qalbimga ozor etgan,
    Yor kelur uzoqlardan,
    Dilni intizor etgan.


    La-la, la-la-la-la,
    La-la, la-la-la-la. (x2+x4)

    Подробнее
  • Manzura - Mening qalbim (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Manzura - Mening Qalbim

    Buyurmagan baxtim kun sayin so`nar,
    Go`yo taqdir atay sevgimni sinar.
    Seni ko`rish baxti yashashga undar,
    Sog`inch holim qo`ymay bag`rimni tirnar.


    Agar bilsang, yurak sensiz urmaydi,
    Jondan kechib, faqat sendan kechmaydi. (x2)


    Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
    Umrim xazonlar to`kadi.
    Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
    Umrim xazonlar to`kadi sensiz.


    Asrga teng kunlar birma-bir o`tar,
    Sog`inchim eltuvchi shamol esar.
    Ko`ksimdagi yurak urishdan to`xtar,
    Bu dunyoning bag`ri tor bo`lib qolar.


    Agar bilsang, yurak sensiz urmaydi,
    Jondan kechib, faqat sendan kechmaydi. (x2)


    Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
    Umrim xazonlar to`kadi.
    Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
    Umrim xazonlar to`kadi sensiz.


    Buyurmagan baxtim kun sayin so`nar,
    Go`yo taqdir atay sevgimni sinar.
    Seni ko`rish baxti yashashga undar,
    Sog`inch holim qo`ymay bag`rimni tirnar.

    Подробнее
  • Oybek va Nigora - Yalintirma (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Oybek va Nigora - Yalintirma | Ойбек ва Нигора - Ялинтирма

    Unga-bunga, kimlargadir
    Gapirib yurma men haqimda.
    Seni sevishimni tasavvur etolmaydi
    Baribir hech kim menchalik, asalim.


    – A nima bo`libdi endi
    Ishxona ishi bilan kech kelsam?
    Eshigingni och, asalim!
    – Ishxona, choyxona, to`yxona,
    Uyi yo`q darbadarsiz, devona!


    – Uyda uyimning farishtasi,
    Olifta sarishtasi, janjalning ustasi.
    – Aldagani boring, endi boshqasini toping!
    – Yalinma, yalintirma,
    Nozlanib sog`intirma, ko`chalarda qoldirma.
    – Ko`cha odamining uyi ham endi ko`cha, ko`cha!
    – Ko`chada qolamanmi yana ertalabgacha?


    Dushanbadan shanbagacha
    Ishlari ko`p mehnatkashim.
    Har yakshanba choyxonasi bor,
    Ulfat, gapkashim.


    – Kesataverma, ishdan charchab kelganda,
    Shafqat qil, jonim.
    – Tavba, tavba, nima dedim?
    Yana man yomon, yana man zolim.


    – Uyda uyimning farishtasi,
    Olifta sarishtasi, janjalning ustasi.
    – Aldagani boring, endi boshqasini toping!
    – Yalinma, yalintirma,
    Nozlanib sog`intirma, ko`chalarda qoldirma.
    – Ko`cha odamining uyi ham endi ko`cha, ko`cha!
    – Ko`chada qolamanmi yana ertalabgacha? (x1+x1)

    Подробнее

Последние статьи

Популярные