Последние статьи

  • Shahlo Ahmedova - Qani (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Shahlo Ahmedova - Qani TAS-IX

    X, Y, Z,
    Gaping uzun, DJ set.
    Vikir-vikir, wild,
    Tugat, bo`ldi ket.


    D + Sh
    Yozilibdi devorda,
    “Barobar” sevaman de
    Yozma tarzida.


    Ay yorim, ko`nglimni ovlama,
    Ko`zimni boylama,
    Bilmasam edi-ku mayli.
    Voy yorim, o`zingni aldama,
    Meni ham qiynama,
    Majnun uyg`on, men emas Layli.


    Qani, qani orzu-armonlar?
    Qani ohlar? Yuragimni tilding.
    Qani lafz, qani o`sha va’dalar?
    Dil izhorlar? Sen meni aldading.


    S.O.S,
    Yurak urar juda tez.
    Sababini bilaman desangchi,
    Ko`ngil kez.


    Bo`l nari,
    Nari yoki beri.
    Qaroringga kelasanmi yo`qmi
    Oxiri?


    Ay yorim, ko`nglimni ovlama,
    Ko`zimni boylama,
    Bilmasam edi-ku mayli.
    Voy yorim, o`zingni aldama,
    Meni ham qiynama,
    Majnun uyg`on, men emas Layli.


    Qani, qani orzu-armonlar?
    Qani ohlar? Yuragimni tilding.
    Qani lafz, qani o`sha va’dalar?
    Dil izhorlar? Sen meni aldading. (x1+x1)
    Sen meni al…

    Подробнее
  • Sardor Rahimxon - Inju (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Sardor Rahimxon - Inju

    Tishlaring misli inju,
    Yo`q jahon kimyosida,
    Na jahon kimyosida-yey,
    Na durlar qiyosida. (x2)


    Sadaflarni yashirgan
    Xazinadur lablaring.
    Benarx-u beqiyosdur
    Bu dunyo savdosida.


    Benarx-u beqiyosdur
    Bu dunyo savdosida.


    Tishlaring misli inju,
    Yo`q jahon kimyosida,
    Na jahon kimyosida-yey,
    Na durlar qiyosida. (x2)


    Derman yorim chaqirib,
    “Ismimni bir bora ayt”.
    Izhorimga parvo qil,
    Qilmayin dilpora, ayt.


    Mayli, pichirlab aytgil,
    Mayliga, oshkora ayt.
    Shirin bo`lgay bu ismim,
    Labing murabbosida.


    Shirin bo`lgay bu ismim,
    Labing murabbosida.


    Tishlaring misli inju,
    Yo`q jahon kimyosida,
    Na jahon kimyosida-yey,
    Na durlar qiyosida. (x2)


    Yuzing ko`rmay kirgim yo`q,
    Sening gulshan bog`ingga.
    Duchor bo`lgim keladi
    Yuzdagi chiroyingga.


    Aytay desam ta’rifing,
    So`z yetmas, saloh yetmas,
    Netay, vaslingga sharh kam,
    Bu dunyo imlosida.


    Netay, vaslingga sharh kam,
    Bu dunyo imlosida.


    Tishlaring misli inju,
    Yo`q jahon kimyosida,
    Na jahon kimyosida-yey,
    Na durlar qiyosida. (x2)

    Подробнее
  • Lola - Ketaver (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Lola Yuldasheva - Ketaver (music version 2017)

    Sening ko`zingda, har bir so`zingda
    Afsus, men emas.
    Kulib turibman ichimdan yig`lab,
    Go`yo og`ir emas.


    Tunlar yolg`iz, tonglar sensiz,
    Balki ko`nikaman.
    Aybdor o`zim, bu so`nggi so`zim –
    Seni unutaman!


    Ketaver, ortga qaytma,
    Sevaverishing aytma,
    Ketaver, ketaver.
    Mazmun yo`q sevgimizda,
    Sening manziling o`zga,
    Ketaver, ketaver. (x2)


    Yillar o`zimni aldab yashardim,
    Meni sevar deb.
    Yolg`onlaringga ko`zim yumaverib,
    Kutdim, o`tar deb.


    Tinch qo`y meni, baxtli qil uni,
    Meni o`ylama.
    Aybdor o`zim, bu so`nggi so`zim –
    Yetar, urinma!


    Ketaver, ortga qaytma,
    Sevaverishing aytma,
    Ketaver, ketaver.
    Mazmun yo`q sevgimizda,
    Sening manziling o`zga,
    Ketaver, ketaver. (x2+x2)

    Подробнее
  • Bojalar guruhi - Chugurma (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Bojalar guruhi - Chugirma TAS-IX

    Chugurmam bor, chugurmam-ey,
    Voh, voho, voho-day.
    Nerlardasan, nerlarda-yey?
    Voh, voh-ey, voho-day.


    Chugurmam bor, chugurmam-ey,
    Voh, voho, voho-day.
    Qaylardasan, nerlarda-yey,
    Voh, voh-ey, voho-day.


    “Вот я”, “i love you тебя”,
    Xayoling olaman minutda.
    Tanishaman-ey, assalomu alaykum,
    Voleykum assalom, qadrdon.


    “One, two, three, four, five”,
    Sen bilan hayot “very good life”.
    Bir kun ko`rmasam, yo`qoldi drayv,
    “One, two, three, four, five”.


    Sani o`zing bir yona,
    Mani o`zim bir yona.


    (Let’s go)
    Chugurmam bor, chugurmam-ey,
    Voh, voho, voho-day.
    Nerlardasan, nerlarda-yey?
    Voh, voh-ey, voho-day.


    Chugurmam bor, chugurmam-ey,
    Voh, voho, voho-day.
    Qaylardasan, nerlarda-yey,
    Voh, voh-ey, voho-day.


    “Brake dance” ajoyib “шанс”,
    Ammo mani yo`nalishim “romans”.
    “Современно” gapiray bugun,
    Boshladim, mana misol uchun:


    Asalim, shakarim, “лапуса киска”,
    Beg`ubor, beozor, erkatoy “зайка”.
    Hayotim, xayolim, yuragim, keragim,
    Tilagim, ertagim, jononim, jonim.


    Sani o`zing bir yona,
    Mani o`zim bir yona.


    (Let’s go)
    Chugurmam bor, chugurmam-ey,
    Voh, voho, voho-day.
    Nerlardasan, nerlarda-yey?
    Voh, voh-ey, voho-day.


    Chugurmam bor, chugurmam-ey,
    Voh, voho, voho-day.
    Qaylardasan, nerlarda-yey,
    Voh, voh-ey, voho-day.

    Подробнее
  • Janob Rasul - Erkak (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Janob Rasul - Erkak (music version 2017)

    Rizqi-ro`z ishqida bir joni halak,
    Mag`ribu-mashriqni kezar jonsarak.
    Oila sha’nini tutib turguvchi,
    Tosh o`tmas qo`rg`oni bo`larkan erkak.


    Umidi uzilsa qoshi-hiloldan,
    Mehr ko`rmasa gar sohibjamoldan,
    Xudo nasib etmasa jufti-haloldan,
    Sarg`ayib-sarg`ayib so`narkan erkak. {x2}


    Yuragi qonini tuproqqa qorib,
    Imorat solarkan yog`ochlar yorib.
    Uzun kechalarda Haqqa yolvorib,
    Farzandiga iqbol tilarkan erkak. {x2}


    Umr o`tar, kelar turnalar qaytib,
    Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib,
    Ayoli dardini yig`lasa aytib,
    Zor yig`lab, yolg`ondan kularkan erkak. {x2}


    Umr o`taverar bag`rini o`yib,
    Musibat qiynaydi, bepichoq so`yib.
    Ayolin ko`ksiga boshini qo`yib,
    Goho tik oyoqda o`larkan erkak. {x2}


    Rizqi-ro`z ishqida bir joni halak,
    Mag`ribu-mashriqni kezar jonsarak.
    Oila sha’nini tutib turguvchi,
    Tosh o`tmas qo`rg`oni bo`larkan erkak. {x2}

    Подробнее

Последние статьи

Популярные